23 apr 09:31
Yangiliklar

Sterling Yan bilan jangda ilk raundni qanday yutganini tushuntirdi
Sterling jang paytida ham bu raundni yutganiga ishonchi komil bo'lgan.
"Bu raundda ancha aniqroq zarba berdim deb o'ylayman. Agar xohlasangiz bu zarbalarni engil deyishingiz mumkin. Lekin agar ikkimiz ham o'sha raundda yigirmatadan kam zarba yo'llagan bo'lsak, men Yanga qaraganda etti yoki sakkizta ko'proq zarba yo'llagan bo'laman, va bu raundda uni osongina mag'lub etgan bo'laman.
Uning boshiga tirsagim bilan zarba yo'llab, uni orqaga chekinishga majbur qildim. Bu og'ir zarba edi. Bu raundda men jangdagi eng muhim zarbani yo'lladim.
SHunday ekan, ohirgi raundlar oldidan, uchta raundni yutganimga ishonchim komil edi. Men hatto ikki raundni 10:8 hisobida yutdim deb o'yladim", deya Sterlingning so'zlarini keltiradi Sportskeeda.
Fikrlar