So’nggi yangiliklar

10:40Зоминда ўзбек жанг санъати бўйича мамлакат чемпионати ўтказилди 0 10:12Хотамбек Бойназаров Стрикленд билан жанг олдидан Хамзат Чимаевга ёрдам бериши мумкин эди, аммо... 0 09:39"Реал" Вальверде ва Тчуамени ўртасидаги жанжал бўйича баёнот берди 0 09:18Топурия Иан Гаррининг Махачевга қарши имкониятларини баҳолади 0 08:39Мария Тимофеева Истанбулда чорак финалга йўл олди 0 08:13Дональд Трамп Хабиб Нурмагомедовни мақтади 0 07:30ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди 0 20:14Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 турнирига қуръа ташланди 0 19:10Дастин Порье қайси жанг учун октагонга қайтиши мумкинлигини айтди 0 18:4830 миллиондан ошиқ киши Мбаппе "Реал"ни тарк этиши кераклиги ҳақидаги петицияга имзо чекди 0 18:26Бакли Махачевнинг дивизиондаги ютуқларини шубҳа остига олди 0 18:02Илия Топурия: "Энди қўрқмайман!" 0 17:39Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа соф олтиндан ясалган камар учун жанг қилади 0 17:17МЮнинг кейинги мавсумдаги мураббийи ким бўлиши аниқми? 0 16:52Махачев энг қизиқарли рақибни эълон қилди 0

09 iyu 14:06
Yangiliklar

Boks/MMA

Stipe Miochich Frensis Ngannuga murojaat qildi

Og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Stipe Miochich sobiq raqibi Frensis Ngannuni qo'llab-quvvatladi.

U ikki yarim oy muqaddam farzandidan ayrilgan edi. 

"Bu shunchaki dahshatning o'zginasi. Unga bardam bo'lishini tilayman. Ochig'i, o'zimning ham ikki farzandim bo'lgani uchun bu mavzuda gapirishdan ham qo'rqaman. Ichidan qanday kechinmalar o'tkazayotganini bilib turibman. Men u uchun duo qilaman. Bir necha kun oldin murabbiyi Erik Niksik shogirdi sekin-asta o'ziga kelayotganini aytdi. Zalga qaytib, mashg'ulotlarni ham boshlabdi", - deya CBS Sports kanaliga intervyu bergan Miochich.  

"U o'ziga kelyapti. Sizga u haqda aytmoqchi bo'lgan eng yaxshi xabarim shu. Yuzida kulgu ko'ra boshladim, hazil qilyapti. Zalga qaytdi va SHon Striklend bilan birga mashg'ulot o'tkazyapti. Bu eng muhimi. Kuni kecha u menga keyingi jangini marhum o'g'li Kobening ruhiga bag'ishlashini aytdi", - dedi amerikalik murabbiy "CHas MMA" podkastida. 

Eslatib o'tamiz, Frensis Ngannu shu yilning mart oyida boks jangida sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga nokaut bilan yutqazib qo'ygandi. Stipe Miochich esa noyabr oyida oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda. Uch yildan ko'proq vaqt davomida oktagondan tashqarida bo'lib turgan Miochich amaldagi UFC chempioni Jon Jons bilan jang qilish istagini bildirgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing