15 apr 18:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Stipe Miochich jangning kechiktirilishi haqidagi xabardan keyin Jon Jonsga murojaat qiladi
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni amerikalik Stipe Miochich Jon Jons bilan iyul oyida bo'lishi kutilayotgan jangning keyinga surilishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Avvalroq, ESPN jurnalisti Mark Raymondi bu jang kuzda bo'lib o'tishi mumkinligini aytgandi.
"Bu juda g'alati, chunki o'tgan oy Jon meni jangdan qochgan deb aytgan edi. Agar kimgadir kerak bo'lsam, meni mashg'ulot zalidan topish mumkin", - deb yozgan Miochich ijtimoiy tarmoqlarda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar