18 iyu 18:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Stipe Miochich Jon Jonsga qarshi jang tafsilotlari haqida gapirdi
UFC og'ir vazn toifasi vakili Stipe Miochich Jon Jons bilan jang bo'yicha muzokaralarda qanday qiyinchilikka duch kelganini aytdi.
"Nega Jons bilan muzokara olib borishga shunchalik uzoq vaqt ketdi? Bir qancha vaziyatlar bo'ldi. Kamera o'chirilganidan so'ng sizga aytaman. UFC menga murojaat qilganida ularga: "Yo'q, hozir iloji yo'q", dedim.
Menga yana bir necha hafta vaqt kerak edi. Lekin ular rad etishdi. Men rozi bo'lishim kerak edi. Odamlar hamma narsa menga bog'liq emasligini tushunishmaydi. Jangni rad etishga urinishimdan ko'ra jiddiyroq kuchlar bor", - dedi Miochich.
Eslatib o'tamiz, Miochich va Jons o'rtasidagi jang 11 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi UFC 295 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar