05 okt 11:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Stipe Miochich qachon faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi
UFCning og'ir vazni toifasidagi ikki karra jahon chempioni Stipe Miochich faoliyatini yakunlash ehtimoli haqida gapirdi.
"UFCdagi ilk jangimdan beri faoliyatimni yakunlash haqida o'ylayman. Ammo ayni damda bor etiborimni 11 noyabr kunga qaratganman. Bu meni o'ylantiradigan yagona narsa. Barcha ishlar bajarilganidan keyin bu haqda o'ylaymiz.
Bu yil o'zimni "qo'lqoplarni mixga ilganlar" ro'yxatiga kiritishni qaror qildim. Oktagondan kamar bilan chiqib ketganimdan keyin barchasi tez sodir bo'lib ketadi", - dedi Miochich.
11 noyabrdan 12 noyabrga o'tar kechasi 41 yoshli Miochich UFC 295 turnirining asosiy jangida kamarning amaldagi egasi Jon Jonsga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar