10 dek 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Stivenson Lomachenkoni Lopesdan ham qattiqroq do'pposlashga vada berdi
Amerikalik bokschi SHakur Stivenson Vasiliy Lomachenkoga qarshi bo'ladigan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Lomachenko - kuchli bokschi. U Teofimo Lopesdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng qaytadi. Uning mening divizionimga qaytish qarori to'g'ri bo'ladi deb o'ylamayman, chunki u engil vazn uchun juda kichik.
Ikkinchi yarim engil - mening divizionim. Agar u bu erga tushadigan bo'lsa, o'zi istagan narsani ololmaydi. Bu unga mening ogohlantirishim. Agar biz ushbu jangni amalga oshiraigan bo'lsak, men uni Teofimodan ham qattiqroq do'pposlayman", - dedi Stivenson.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko oktyabr oyida o'tkazilgan jangda Lopesga yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar