17 sen 16:28
        Yangiliklar	
	
				
				    Stol tennisi			    
				 
				
			 
				Stol tennischilarimiz bahslarga kirishdi
Qozog'istonning Karaganda shahrida stol tennisi bo'yicha mukofot jamg'armasi 30 ming dollar bo'lgan “Kazakhstan International Open” xalqaro turniri davom etmoqda.
			Ushbu reyting ochkolari beruvchi musobaqada Abdulaziz Anorboev, Muhammad O'ktamboev, Jamshid Rahimberganov, So'g'diyona Madalieva, Rozalina Xojieva kabi umidli stol tennischilarimiz ishtirok etmoqda. Ularga musobaqalar davomida Mardona Aitova hamda Georgiy Coy murabbiylik qilamoqda.
Eslatib o'tamiz, Xalqaro stol tennisi federaciyasi tomonidan ilk bor tashkil etilayotgan mazkur musobaqa 19 sentyabr kuniga qadar davom etadi.
O'zbeksiton stol tennisi federaciyasi matbuot xizmati
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar