31 may 15:59
Yangiliklar
Stol tennisi

Stol tennischilarimiz Toshkentdagi "Youth Contender" turnirida yana ikkita medalga ega chiqishdi
Toshkentda o'tayotgan stol tennisi bo'yicha "Youth Contender" turnirida navbatdagi yo'nalishlarda g'oliblar aniqlandi.
Kechagi bellashuvlar davomida hamyurtlarimiz 1 tadan oltin va kumush medallarga ega chiqishdi.
U-15 yosh toifasida malayziyalik Hong An Li bilan juftlik hosil qilgan hamyurtimiz Adelina Hasanova oltin medalni qo'lga kiritdi. Bu uning musobaqadagi ikkinchi medali bo'ldi.
SHuningdek, U-19 toifasida yigitlar o'rtasidagi mikst dasturida Xurshid Ahmedov va Asel Erkebaeva kumush medallar bilan taqdirlanishdi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar