27 fev 20:44
Yangiliklar
Boks/MMA

"Stranja-2021". Bobousmon Baturovning final jangi yakunlandi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo'yicha xalqaro "Stranja" turniri o'z yakuniga etib bormoqda.
Musobaqaning hal qiluvchi bosqichida bokschimizga ukrainalik Evgeniy Barabanov raqiblik qildi.
Uch raund yakuniga ko'ra Bobousmon jangda ustunlikka erishdi va 5:0 hisobida g'alaba qozonib, oltin medal sohibiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, birozdan so'ng mazkur turnir final bosqichi doirasida Dilshodbek Ro'zmetov va Bahodir Jalolov ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar