26 fev 07:11
Yangiliklar

"Stranja". Kechagi kun dasturida 8 bokschimizdan 5 nafari imkoniyatni boy berdi
Kichik jahon chempionatiga tenglashtiriladigan ushbu musobaqaning ikkinchi kuni 8 nafar bokschimiz ringga ko'tarildi. Afsuski, ulardan 5 nafari raqiblariga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtiroklarini erta yakunlashdi.
Javohir Ummataliev (-75 kg) irlandiyalik Joshua Olaniyanni, Jahongir Zokirov (+92 kg) ozarbayjonlik Mahammad Abdullaevni, To'rabek Xabibullaev (-92 kg) esa angliyalik Isaak Okoxdan ustun kelib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Akmaljon Isroilov (-86 kg) qozog'istonlik Bekzad Nurdauletovga, Arman Maxanov (+92 kg) irlandiyalik Godstime Idemudiaga, Abdurahmon Rustamov (+92 kg) angliyalik Damar Tomasga, Sayat Ilyasov (-63,5 kg) irlandiyalik Klensi Deanga, Nurislom Ismoilov (-80 kg) italiyalik Alfred Kromvellga yutqazib qo'ydi.
Takidlash joiz, terma jamoamiz ushbu musobaqada aralash tarkib, asosan yoshlar bilan ishtirok etyapti.
Fikrlar