12 fev 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Striklend: "Agar bu davom etsa, men Falastin nomidan jang qilaman"
O'rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni SHon Striklend (29-7) AQSH prezidenti Donald Trampning Isroilga nisbatan harakatlaridan noroziligini bildirdi.
"Agar Tramp bu ishni davom ettiraversa, men Falastin bayrog'ini hilpiratishni boshlayman. Amerika shaharlari axlatxonalarga aylandi. Sen bu axlat qutisi oloviga milliardlab pul sarflamoqchisan. Biz xato qildikmi?! Bu, albatta, "Birinchi Amerika" emas", deb yozdi Striklend o'zining Twitter'dagi sahifasi orqali.
SHon 2024 yilning yozida ham Ukraina va Isroilga yordam ko'rsatilishiga qarshi chiqqandi.
Havola :
Manba : twitter.com/SStricklandMMA
Fikrlar