04 iyu 12:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Striklend Kayo Borralo bilan jangni oila sabab rad etgan ekan
UFC sobiq chempioni SHon Striklend yuqori baho beriladigan braziliyalik Kayo Borralo bilan jangni rad etish sababini ochiqladi.
"Menga Kayoni raqib sifatida berishgan edi. Bunday janglar qiyin, chunki uning xotini bor, men biladigan va menga yoqadigan farzandi bor. U haqiqatan ham yaxshi yigit. Bu siz o'zingizdan: "Men buni chindan ham xohlaymanmi?" deb so'rab turadigan lahzalardan biri bo'ladi", dedi Striklend.
Eslatib o'tamiz, Striklend so'nggi jangida amaldagi chempion, janubiy afrikalik Drikyus Dyu Plessisga ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar