So’nggi yangiliklar

02:46Рамазон Темировнинг Каванага қарши жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 02:15Темиров Каванага, Ян Двалишвилига қарши, Волкановски эса Евлоев билан жанг қилди! UFC 333 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:29UFC 333: Рамазон Темиров иштирокидаги жанг биринчи раундда якунланди 0 17:15UFC 333: Рамазон Темировнинг Лоне Каванага қарши жанги Тошкент вақти билан соат нечада бошланади? 0 15:23U-15 Жаҳон Кубоги ва фестивали. Ўзбекистон Ганага мағлуб бўлди 0 13:54Дакар-2026: Ўзбекистон сузиш баҳсларида икки спортчи билан қатнашади 0 12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0

27 iyu 16:37
Yangiliklar

Futbol

"Sukut saqlashni maqul ko'rgandim, lekin...". Pirlo Italiya FF bilan barbod bo'lgan kelishuv haqida gapirdi

Turinning “Yuventus” klubi sobiq bosh murabbiyi Andrea Pirlo Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlanishi mumkinligi fonida yuzaga kelgan vaziyatdan hafsalasi pir bo'lganini malum qildi.

Oldinroq OAVda 47 yoshli mutaxassis Italiya futbol federaciyasi (FIGC) bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi. Keyinchalik Pirloning Rossiya bukmekeri bilan shartnomasi tufayli bu tayinlov atrofida katta bahs-munozaralar alanga oldi.

“FIGC va barcha aloqador shaxslarga bo'lgan hurmatim yuzasidan sukut saqlashni maqul ko'rgandim, ammo kecha oqshom Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodim boshqa ko'rib chiqilmayotganini bilgach, bazi jihatlarga oydinlik kiritishni o'z burchim deb hisoblayman.

So'nggi kunlarda ismim va milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini egallash imkoniyatim atrofida avj olgan muhokamalarni katta afsus bilan kuzatdim.

Butun faoliyatim davomida — avval futbolchi, bugun esa murabbiy sifatida har doim o'zim ishlagan mamlakatlar qonunlariga va imzolangan shartnomalarga po'latdek amal qilib kelganman. So'nggi bahslarga sabab bo'lgan hamkorlik BAAdagi professional faoliyatim doirasida yuzaga kelgan bo'lib, sof tijoriy va sport xususiyatiga ega. Unga siyosiy mazmun berish menga hech qachon bildirmagan qarashlarimni yopishtirish deganidir.

Menga ko'rsatgan hurmati va bildirgan ishonchi uchun Paolo Maldini [FIGC texnik direktori] va Leonardoga [Maldinining maslahatchisi] minnatdorlik bildirmoqchiman. Ularning professionalligi, o'z ishiga jiddiy yondashuvi va Italiya futboliga bo'lgan cheksiz mehrini bilaman. Sof sportga oid qaror bunchalik tez ommaviy muhokamaga aylanib, yakunda menga tegishli bo'lmagan fikrlarning yopishtirilgani juda achinarli”, – deb yozdi Pirlo ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o'tamiz, ilgari Pirlo Italiyaning “Sampdoriya” va Turkiyaning “Fotih Karagyumruk” jamoalarini boshqargan. 2025 yildan beri esa BAAning “Yunayted” klubiga murabbiylik qilib kelmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing