27 apr 11:02
Yangiliklar
Sport kurashlari
Sunnatilla O'sarov Osiyo chempionatining kumush medali sohibi
Xitoyning Ninbo shahrida og'ir atletika o'yicha navbatdagi Osiyo chemponati bo'lib o'tmoqda.
Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur musobaqa o'zida qitamizning kuchli atletlarini jamlagan. Kecha erkaklar o'rtasida -102 kilogramm vazn toifasida bellashuvlar o'tkazildi. Mazkur yo'nalishda supachaga chiqqan vakilimiz Sunattila O'sarov dast ko'tarish mashqida 172 kilogramm natija bilan kumush medal sohibiga aylandi.
Afsuski, siltab ko'tarish mashqida vakilimizdan omad biroz yuz o'girgdi. Polvonimiz ushbu mashqni 191 kilogrammli muvaffaqiyatli urinish bilan boshladi, biroq 2 va 3-urinishlarda 197 kilogramm og'irlikdagi toshni o'ziga bo'y sundira olmadi. O'sarov shu tariqa ikki kurash bo'yicha to'rtinchi o'rinni egalladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar