So’nggi yangiliklar

14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0 08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0

21 iyu 19:10
Yangiliklar

Futbol

Superligada murabbiylar "rokirovkasi": tanaffusdagi kutilgan va kutilmagan tayinlovlar

Teglar :  Superliga
O'zbekiston Superligasida yozgi tanaffus (yoki mavsumlararo tanaffus) klublar uchun nafaqat tarkibni kuchaytirish, balki murabbiylar shtabini qayta ko'rib chiqish va yangilash uchun ham qulay fursat bo'ldi.

Bir qator jamoalar rahbariyati ikkinchi davra oldidan yangi mutaxassislarga ishonch bildirishga qaror qildi.

Quyida tanaffus vaqtida murabbiylar shtabida yuz bergan asosiy o'zgarishlar va yangi tayinlovlar bilan tanishing:

???? Bosh murabbiylar rotaciyasi va yangi tayinlovlar

  • "Mashal": Muborakliklar tanaffusda bosh murabbiyni butunlay almashtirishga qaror qilishdi. Jamoaga tajribali mutaxassis Sergey Lushchan bosh murabbiy etib tayinlandi. Unga avvalgi jamoalaridagi doimgi hamrohi Muhiddin Ortiqov yaqindan yordam beradi.

  • "Qizilqum": Navoiyliklar rotaciyaga qo'l urib, tanish chehrani ortga qaytarishdi. Jamshid Saidov yana "Qizilqum" bosh murabbiyi sifatida ish boshladi. Uning shtabiga jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis sifatida sobiq futbolchi Akmal SHorahmedov jalb etildi.


???? Murabbiylar shtabiga kelib qo'shilgan mutaxassislar

  • "Paxtakor": Toshkentliklar murabbiylar shtabini xorijlik mutaxassis bilan mustahkamladi. Kamoliddin Tojiev shtabiga serbiyalik murabbiy Branislav Radulovich kelib qo'shildi.

  • "Neftchi": Farg'onaliklar tarkibda va shtabda bazi o'zgarishlarni amalga oshirdi. Klub Fakundo Stik, Yurgen Gyode bilan xayrlashgan bo'lsa, uning o'rniga argentinalik mutaxassis Xuan Kruz Jil taklif etildi.


  • "So'g'diyona": Jizzaxliklar ustozi Ulug'bek Bakaev shtabi ikki nafar rossiyalik mutaxassis bilan boyidi. Jamoaga Artyom Gorlov hamda darvozabonlar bilan ishlash bo'yicha Pavel Polikarpov taklif etildi.

  • "Surxon": Mavsumni "Qo'qon-1912" jamoasida Andrey SHipilov shtabida boshlagan Anatoliy Kurlaev faoliyatini Termizda davom ettiradigan bo'ldi. U endi "Surxon"da Anvar G'ofurovga ko'maklashadi.

Jamoalardagi bu kabi murabbiylik rotaciyalari va xorijlik hamda mahalliy tajribali mutaxassislarning kelishi chempionatdagi raqobatni yanada qizitshi shubhasiz. Yangilangan shtablar o'z klublari oldiga qo'yilgan vazifalarni qay darajada bajarishini esa maydondagi o'yinlar ko'rsatadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing