29 jan 20:20
Yangiliklar

Superog'ir vaznli O'zbekiston chempioni prof boksda debyut qildi. Jang muddatidan oldin yakunlandi
Kattalar o'rtasida ikki karra O'zbekiston chempioni, yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni Lazizbek Mullajonov bugun ushbu jang oqshomi doirasida o'zining prof ringdagi debyut jangini o'tkazdi.
Bu bahsda Farg'ona boks maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Lazizbekka rossiyalik Aleksandr Stepanov raqiblik qildi. 6 raundga mo'ljallangan jang ikkinchi raunddayoq nihoyasiga etdi. Lazizbek o'zining zarbalar seriyasi evaziga raqibini muvozanatdan chiqardi. Hakam hisobni ochgan vaziyatda Stepanov jangni davom ettirmasligini malum qildi - texnik nokaut!
SHu tariqa, bokschimiz prof boksdagi debyutini chiroyli g'alaba bilan nishonladi.
Malumot uchun, bungacha Stepanov prof boksda 4 ta jang o'tkazib, 2 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgandi.
Fikrlar