24 dek 16:58
Yangiliklar
Surxon o'g'loni Yahyo Imomovni tabriklaymiz!
Surxondaryo viloyati o'g'loni 30 yoshga qadam qo'ydi. Tajribali va mehri daryo murabbiy Bekzod To'raboevning shogirdi hisoblangan Yahyo faoliyati davomida aytishga arzigulik yutuqlarga erishdi. 2012 yilgi London Olimpiadasi ishtirokchisi Jahon kubogi, "Katta Dubulg'a", Gran-Pri turkumiga kiruvchi turnirlarda g'olib va sovrindor bo'lgan.
O'zi aslida Surxondaryo viloyatini mamlakatimizning dzyudo markazi desak ham xato bo'lmaydi. Bu zamindan Pekin Olimpiadasining kumush medali sovrindori, og'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, Osiyo chempioni Abdulla Tangriev, angorlik jahon chempionati sovrindori, reytingi eng yuqori dzyudochimiz SHarofiddin Lutfullaev, yoshlar o'rtasida jahon chempioni sho'rchilik Bekmurod Oltiboev, Qumqo'rg'on tumanidan Hikmatilloh To'raev va albatta bugungi qahramonimiz - London Olimpiadasi ishtirokchisi, Jahon kubogi g'olibi hamda bronza medali sovrindori, Parij “Katta Dubulg'a” turniri g'olibi, Butunjahon Universiada-2013 kumush medali sohibi, Denov tumanidan Yahyo Imomov singari mashhur dzyudochilar etishib chiqqan.
Fursatdan foydalanib, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati, murabbiylar shtabi, sportchilar nomidan Yahyo Imomovni bugungi unutilmas kun bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
Qo'ling hamisha baland, yuzing yorug', yo'ling nurli bo'lsin, Denovning oltin o'g'loni YAHYO!
Fikrlar