28 jan 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Surxondaryo viloyati yoshlar o'rtasidagi "Termiz Open" musobaqasiga mezbonlik qiladi
Termiz shahri boks musobaqasini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
2-8 fevral kunlari Termizda 2002-2003 yillarda tug'ilgan bokschilar o'rtasida "Termiz Open" musobaqasi tashkil etiladi.
Bahslarda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyuradigan yosh bokschilar ishtirok etishadi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabi ushbu turnir orqali aprel oyida Polshada o'tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etadigan bokschilarimizni yana bir marotaba ko'rikdan o'tkazib olishni maqsad qilgan.
Bellashuvlarga Termiz Olimpiya zaxiralari sport kolleji mezbonlik qiladi.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar