So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

11 sen 16:30
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suv sporti turlari. Osiyo chempionatida estafetachilarimizga atalgan kun

Teglar :  Suv sporti
Malumki, shu kunlarda poytaxtimizda suv sporti turlari bo'yicha yosh toifalar o'rtasida IX Osiyo chempionati bahslari o'tkazilmoqda.

Etiborlisi, uch kunlik musobaqalarning yakunlariga ko'ra mamlakatimiz sportchilari jami 11 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza medaliga sazovor bo'lib, O'zbekistonda suv sporti turlarida yangidan-yangi iqtidor egalari kamolga etayotganligini amalda yana bir bora isbotlashdi.

Uchinchi kun bo'lib o'tgan musobaqalarda mamlakatimiz sportchilari 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini terma jamoamiz hisobiga yozib qo'ydilar.

Sportchilarimiz tomonidan qo'lga kiritilgan 4 ta oltin medalning uchtasi estafeta bahslarida erishildi.

Jumladan, 4 bor 100 metr masofaga kompleks usulda o'tkazilgan estafeta bahslarida o'smirlar o'rtasidagi musobaqada ham, qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda ham hamyurtlarimiz birinchi o'rinni egallashdi.

O'smirlar o'rtasidagi bahslarda Vladislav Mustafin, Xurshid Tursunov, Artem Kozlyuk va Danil Bukinlardan iborat kvartet birinchi bo'lib marra chizig'iga etib kelgan bo'lsa, Maftunabonu To'xtasinova, Alyona Tomina, SHohsanam Toshpo'latova hamda Alyona Vasilevalardan iborat jamoamizga ham teng keladigan raqib bo'lmadi.

Hamyurtlarimiz, shuningdek, 4 bor 100 metr masofaga erkin usulda suzish bo'yicha mikst bahslarida ham shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin egallashdi. Ushbu musobaqada Vatanimiz sharafini himoya qilgan Alyona Tomina, Maftunabonu To'xtasinova, Danil Tulupov va Aleksey Tarasenkolardan iboart to'rtlik oltin medal sohibi bo'ldi.

To'rtinchi oltin medalga 50 metr masofaga erkin usulda suzishda Xurshid Tursunov sazovor bo'ldi. Kecha bo'lib o'tgan bahslarda, shuningdek, Fotima Amilova 200 metrga brass usulida suzishda kumush, 50 metrga erkin usulda suzishda Aleksey Tarasenko, 100 metr masofaga erkin usulda suzishda Alyona Tomina hamda 50 metrga brass usulida suzishda Aleksey Sidorchuk bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Bugun suv sporti turlari bo'yicha yosh toifalar o'rtasida o'tkazilayotgan IX Osiyo chempionatida navbatdagi g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Musobaqalar davom etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing