31 okt 10:10
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suvga sakrash. 2024 yilgi Jahon Kubogi seriyasi taqvimi elon qilindi
Cuvga sakrash bo'yicha 2024 yili o'tkaziladigan Jahon kubogi bahslari "Parij-2024" Olimpiya o'yinlari arafasida, uch oy davomida o'tkaziladi.
Mazkur musobaqalarga Kanada, Germaniya va Xitoy davlatlari mezbonlik qiladi. Ilk turnir 29 fevral – 3 mart kunlari Kanadaning Monreal shahrida joylashgan "Park Olimpik" suzish havzasida o'tkaziladi.
SHundan so'ng, 21-24 mart kunlari Germaniya poytaxti Berlin shahrida Jahon kubogining navbatdagi bosqichi o'tkaziladi.
Jahon kubogining hal qiluvchi superfinal musobaqalari esa Xitoyning Sian shahrida tashkil etiladi. Ushbu turnir aprel oyida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Avvalroq, sinxron suzish bo'yicha 2024 yilgi Jahon Kubogi taqvimi bo'yicha xabar berilgan edi.
Havola :
Fikrlar