07 iyu 07:27
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suzish bo'yicha Respublikamiz bo'ylab turli musobaqalar o'tkazildi
Milliy olimpiya qo'mitasi O'zbekiston suzish federaciyasi bilan birgalikda Respublikamiz bo'ylab bir qator musobaqalar tashkil qildi.
Musobaqalar 23 iyundan 6 iyulga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent, Jizzax, Farg'ona, Sirdaryo, Surxondaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida bo'lib o'tdi. Bir necha tumanlarda o'tkazilgan turnirlar 800 nafardan ortiq yoshlarni qamrab oldi.
Qayd etib o'tish lozimki, bunday musobaqalar aholi orasida sportni ommalashtirish, yanada rivojlantirish, selekciya ishlarini olib borish yo'lida katta ahamiyatga egadir.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar