07 okt 16:18
Yangiliklar
Suzish: Toshkentdagi Jahon kubogi bosqichida Olimpiada va dunyo birinchiligi chempionlari qatanashadi
8-10 oktyabr kunlari tashkil qilinadigan turnirda 40 mamlakatdan 230 nafar sportchi g'oliblik uchun bahs olib boradi.
Xorijlik taniqli suzuvchilar orasida Kemeron Makevoy (Avstraliya), SHivon Goxi (Gonkong), Yiting YU (Xitoy), Evgeniya CHikunova, Yuliya Efimova (ikkalasi ham Rossiya), Olimpiada hamda dunyo birinchiligining g'olib va sovrindorlari, jahon rekordchilarining borligi bellashuvlar katta raqobat ostida kechishi kutilayotganini anglatadi.
Musobaqa davomida terma jamoamiz sharafini 51 nafar sportchi himoya qiladi. Ular orasida Eldor Usmonov, Iliya Sibircev, Xurshidjon Tursunov, Anastasiya Zelinskaya kabi taniqli sportchilar ham bor. Bellashuvlar "Olimpiya shaharchasi"dagi suv sporti saroyida tashkil etiladi.
Fikrlar