So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

27 fev 09:01
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suzuvchilarimiz oldiga Olimpiada medalini qo'lga kiritish vazifasi qo'yildi

Umid Ahmadjonov va SHoakram Isroilov Milliy olimpiya qo'mitasida og'ir atletika, velosport hamda suzish federaciyalari vakillari bilan uchrashdi.

Yig'ilishda ko'tarilgan asosiy masala terma jamoa tarkibida raqobatni kuchaytirish, viloyatlarda selekcioner murabbiylarni samarali ishlashi uchun sharoit yaratish, sportchilarni vitaminlar bilan taminlashga etibor qaratish, bolalar va o'smirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi, Olimpiya zaxiralari kollejidan terma jamoalarimizga iqtidorli sportchilarni jalb qilish tizimini yaratish, o'z navbatida BO'SM faoliyatlarini kuchaytirish, qabul kvotalarini tizimini tubdan islox qilishdan iborat edi.        
   

     

Undan tashqari Umid Ahmadjonov uchrashuv davomida federaciyalar shtat jadvallarini qayta ko'rib chiqish, ularda marketing va matbuot xizmatlari rolini kuchaytirishga ham alohida etibor berish lozimligini takidlab o'tdi. 

Tan olish kerak, so'nggi 26 yil davomida mamlakatimizda sport tizimi deyarli izdan chiqib ketgan. Ko'pgina federaciyalar o'zboshimchalik bilan ish yuritib kelgani, kerak bo'lsa bo'lmasa xorijiy o'quv mashg'ulotlar yig'inlarini o'tkazgani, saviyasi past xalqaro musobaqalarda ishtirok etib davlat pulini bekorga sarflab kelishganligi bugun malum bo'lib qolmoqda. 

Aynan shu kabi holatlarga chek qo'yish, mablag'larni maqsadli sarflanishini taminlash maqsadida bundan buyon Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi har bir federaciyani jiddiy nazoratga olishi, federaciyalar ushbu yuqori sport tashkilotlari ruxsatisiz birorta xorijiy davlatga chiqa olmasligi, har bir masala rahbariyat bilan kelishilgan holatda amalga oshirilishini qatiy uqtirib o'tdi. 

"Davlat pulini behuda sarflashga hech kimning haqqi yo'q. Xalqning puli to'g'ri sarflanishi, maqsadli ishlatilishi, kerakli natijalarni taminlash uchun xizmat qilishi lozim", - dedi MOQ rahbari Umid Ahmadjonov.

SHuningdek, velosport hamda suzish kabi sport turlarini rivojlantirish borasida ham so'z bordi. Ayniqsa, suzish bo'yicha nafaqat Osiyo o'yinlarida, balki Olimpiya o'yinlarida ham medallarga ega chiqish vazifasi yuklandi. Qolaversa, sharoitlarni yaxshilash masalalariga ham alohida to'xtalib o'tildi. 

Albatta, bunday uchrashuvlarni tashkil qilishdan maqsad sport federaciyalari vakillarining fikrini eshitish, dardini tinglash, ular bilan muloqotga kirishish, mavjud kamchiliklarni o'rganib, ularni hal qilish, kerak bo'lsa yordam berish va ularning samarali faoliyat olib borishga zamin yaratishdan iborat. Bunday uchrashuvlar hali davom etadi. Milliy olimpiya qo'mitasida hali yana bir necha sport federaciyalari Umid Ahmadjonov va SHoakram Isroilovlar qabulida bo'lishadi.

  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing