So’nggi yangiliklar

10:31Тўлқин Қиличев боксчиларимизнинг Қозоғистондаги йиғини ҳақида гапирди 0 10:10"Ярим енгил вазнни қутқариш вақти келмадими?" - Арман Царукян 0 09:49Муҳаммад Мокаев ММА бўйича жанг ўтказади, рақиб маълум (ПОСТЕР) 0 09:28Салоҳ "Ливерпуль"ни текинга тарк этадиган бўлди 0 09:07Ҳасанбой Дўсматов Бишкекда жанг қилмайди 0 08:46Ниҳоят! Ўзбекистонлик жангчи Эркебулан Токтар билан тўқнаш келади (ПОСТЕР+ВИДЕО) 0 08:25Абдумалик Халоков ўзбек ва қозоқ боксчиларининг базаларини солиштирди 0 08:04Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль"дан кетишини эълон қилди! 0 07:43Конор Макгрегорнинг UFC`га қайтиш муддати айтилди 0 07:22Эдди Хирн: "Икки баравар кўп тўлаган бўлардим" 0 07:01Тарихий натижа: ўзбек гроссмейстерлари яна биттага кўпайди 0 19:23Арбелоанинг муваффақият сири: Гвардиола, Моуриньо ва Симеоне устидан ғалабалар ҳақида 0 19:02Дана Уайт: "Бу ахлат билан шуғулланадиган бошқа одамлар бор, мен эмас!" 0 18:41"Абсурд" — Ренато Мойкано Евлоев - Мёрфи жанги натижасини танқид қилди 0 18:20"Қайтиш истагим йўқ эди". Фьюри Маҳмудов билан бўлажак жанг ҳақида гапирди 0

29 avg 08:04
Yangiliklar

Boks/MMA

Tabriklaymiz. Qudratillo Abduqahhorov 30 yoshda!

Bugun professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov 30 yoshga to'ldi.

Mustaqillik farzandi hisoblangan charm qo'lqop ustamiz 1993 yil 29 avgust kuni Andijon viloyatining Qo'rqontepasida dunyoga kelgan. Boks bilan 7 yoshida shug'ullanishni boshlagan. Professional boksdagi debyu jangini 2015 yilning 18 oktyabr kuni Timur Smirnovga qarshi o'tkazib, raqibini texnik nokautga uchratgan edi. 

Bugungi kun qahramoni The Punisher laqabi ostida yarimo'rta vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelyapti. U ikki kundan so'ng, 31 avgust kuni Moskvada navbatdagi jangida ringga ko'tariladi. O'sha kuni unga rossiyalik Magomed Madiev raqiblik qiladi. Jang 8 raunddan iborat bo'ladi. 

Bu Abduqahhorov uchun prof faoliyatidagi 21-jang bo'ladi. Hisobida 18 ta g'alaba bor. Yorqin g'alabalari qatorida sobiq jahon chempioni Luis Kollaconi mag'lub etganini aytish o'rinli bo'ladi.

Caytimiz ijodkorlari va o'quvchilari nomidan bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Qudratillo Abduqahhorovni unutilmas kun bilan muborak etamiz. Uning faoliyatida faqat g'alabali onlar, hayotida quvonchli kunlar ko'p bo'lishini tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing