So’nggi yangiliklar

20:00Бокс бўйича Ўзбекистон чемпионати финалларининг барча натижаси битта саҳифада 0 17:52"Бунёдкор"да ўйнаган Пишурнинг ўғли "Жирона"га ўтмоқда 0 17:31Дана Уайт ўзига ёқмаган UFC жангчисига мағлубият тилаганини тан олди 0 17:10Дана Уайт Усик ва Zuffa Boxing билан музокаралар ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди 0 16:39"Реал" ва Винисиус шартнома бўйича музокараларда олдинга силжиди 0 16:18Разамбек Жамалов, Абдурашид Садулаев Доғистондаги машғулотларда (ВИДЕО) 0 15:57Арман Царукян Аманда Нуньес билан жанг қилишга тайёр 0 15:3644 ёшли UFC афсонаси бугунги жисмоний ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0 15:15"Барселона" Левандовскига шартномани узайтириш учун иккита талаб қўйди 0 14:54Жастин Гэтжи UFC`нинг бонуслар тизимини танқид қилди 0 14:12Шахматчиларимиз Таиландда йиғин бошлашди (ФОТО) 0 13:51Анчелотти ёзда Европага қайтиши мумкин 0 13:30Машҳур UFC cобиқ жангчиси Флоридада ҳибсга олинди — манба 0 13:09Белбоғли кураш федерацияси томонидан "Йил сарҳисоби" тадбири ўтказилди 0 12:48Жейк Пол ортиқ PFL жангчиси эмас! 0

06 avg 12:36
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondo bo'yicha davlat rahbari qaroriga sharh

Teglar :  Taekvondo
Sir emaski, Olimpiya o'yinlari sport musobaqalarining cho'qqisi bo'lib, unda ishtirok etish har bir sportchi uchun yuksak sharaf hisoblanadi.

SHuningdek, har bir davlat Olimpiya o'yinlarida o'z vakillarini muffaqiyatli ishtirok etishini katta voqea, deb biladi. Bundan cheksiz faxr va iftixor his etadi. 

SHu o'rinda aytish kerakki, keyingi yillarda o'zbekistonlik sportchilar ham Olimpiada o'yinlarida muffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Yutuqlar ko'payib borar ekan sportchilarni rag'batlantirish ishtirokchilar sonini ko'paytirishga ham davlat darajasida etibor qaratilmoqda.

Boshqa sport turlari kabi, mamlakatimizda taekvando sport turi ham jadal rivojlanib bormoqda. 2004, 2008, 2012, 2016 va 2021 yillardagi Olimpiya o'yinlarida taekvondo bo'yicha 15 ta licenziya qo'lga kiritilib, Tokio-2021 o'yinlarida Ulug'bek Rashitov ilk bor oltin medalga ega bo'ldi. SHuningdek, 2017–2022 yillardagi boshqa xalqaro musobaqalarda taekvondo bo'yicha jami 62 ta medal qo'lga kiritildi. 

Yaqinda Koreyada o'tkazilgan Osiyo chempionatida taekvondochilarimiz tarixiy natija qayd etib, umumjamoa hisobida erkaklar o'rtasida ilk bor 1-o'rinni egalladi. Etiborlisi, hozirda taekvondo bilan 332 ta davlat sport maktabining 2 060 ta guruhida muntazam shug'ullanayotgan sportchilar soni qariyb 23,1 mingni tashkil etadi  va shulardan 8 405 nafari yoki 36,4 foizi ayollar hissasiga to'g'ri keladi.   

Sportchilarimiz Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga taekvondo va parataekvondo bo'yicha 8 ta licenziyani qo'lga kiritishni rejalashtirgan.  

Davlatimiz rahbarining yaqinda imzolangan “Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ham minglab sportchilar va ularning murabbiylari, ota-onalari uchun motivacion hujjat bo'ldi, deb aytish mumkin. 

Qarorda belgilanganidek, 2023 yildan boshlab har yili ananaviy tarzda taekvondo bo'yicha  respublikaning barcha hududlarida 4 sentyabr kuni – Butunjahon taekvondo kuniga bag'ishlangan taekvondo festivali, taekvondo va parataekvondo bo'yicha “G2” darajasidagi nufuzli “Uzbekistan Open” xalqaro turniri, umumtalim, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlari o'quvchi va talabalari o'rtasida “Vazir kubogi” musobaqalari o'tkaziladi.   

Belgilanganidek, ushbu sport turini ilmiy asosda rivojlantirish maqsadida O'zbekiston taekvondo associaciyasi huzurida Butunjahon “Kukkivon” taekvondo akademiyasi bilan hamkorlikda O'zbekiston taekvondo akademiyasi tashkil qilinadi. SHuningdek, Bo'stonliqdagi Oqtosh qishlog'ida O'zbekiston taekvondo akademiyasi uchun sport bazasi barpo etiladi. 

Qarorga muvofiq, 2023–2024 yillarda har bir hududda 14 ta ixtisoslashtirilgan taekvondo markazi ochiladi va jihozlanadi. Markaz mutaxassislari tomonidan umidli yoshlar tanlab olinadi va milliy terma jamoalarning tarkiblariga professional sportchilar tayyorlanadi.  

SHuningdek, mazkur hujjat bilan 2022–2024 yillarda taekvondoni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturga ko'ra, O'zbekiston taekvondo associaciyasi huzurida 19 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun respublika professional klubi tashkil etiladi. Yana bir muhim jihat, bog'chalarda “Kids” taekvondo” loyihasi ishga tushiriladi, “Taekvondo (WT) hamma uchun” dasturi amalga oshiriladi hamda Koreya, Xorvatiya, Xitoy, AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Serbiya, Italiyaning ilg'or tajribasi amaliyotga joriy qilinadi. 

Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbarining mazkur qarori mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, yuzlab nomdor sportchilarni kashf qilish, murabbiylarning mashaqqatli mehnatini yuzaga chiqarishda muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi.

Bektosh RAHMATOV,

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Taekvondo, karate nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing