02 mar 19:19
Yangiliklar
Taekvondo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati iyun oyiga ko'chirildi
Pandemiya tufayli aslida 2020 yil bo'lib o'tishi kerak bo'lgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati 2021 yilning aprel oyiga ko'chirilgandi. Osiyo taekvondo federaciyasi musobaqani iyun oyiga ko'chirish haqida qaror qabul qildi.
Hisob bo'yicha 24-marta o'tkaziladigan qita birinchiligiga Livan mamlakati mezbonlik qiladi. Endi Osiyo chempionati 16-18 iyun kunlari oralig'ida bo'lib o'tadi. Bahslar Bayrut shahridagi "Nouxad Naufal" sport majmuasida o'tkaziladi.
Qita chempionatida o'g'il bolalar va qiz bolalar 8tadan vazn toifasida medallar uchun kurash olib borishadi.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi hozirga qadar kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 6ta oltin, 5ta kumush va 18ta bronza, jami 29ta medalni qo'lga kiritgan.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar