01 okt 18:18
Yangiliklar
Taekvondo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasida yangi tajribali shifokor ish boshladi
Pavel Li 1976 yilning 5 aprel kuni O'zbekistonda tug'ilgan. 1993-2000 yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida o'qigan. Fitoterapiya, chuna, farmakopunktura, akutomiya yo'nalishlarida mutaxassis hisoblanadi.
2001-2003 yillarda "SHin-SHifo" klinikasida kafedra mudiri, 2007-2016 yillarda O'zbek-Koreys do'stligi sharqiy kasalxonasida bo'lim boshlig'i, 2016-2019ga qadar yildan buyon esa Koreya madaniyat markazi associaciyasida shifokor-konsultant sifatida faoliyat olib borgan. 2011 - 2017 yillar ichida 5 marotaba ("SHarqiy tibbiyot", "Farmopunktura", "Fitoterapiya", "Akutomiya. Kirish", "Akutomiya") Koreya Respublikasida malaka oshirib qaytgan. Endi Pavel Li taekvondo terma jamoasi shifokori sifatida faoliyat olib boradi.
O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar