28 sen 12:54
Yangiliklar
Taekvondo. Bugun "Russia Open" start oladi
Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi sharafini 15 nafar sportchi himoya qiladi. Musobaqaning dastlabki kunida 7 nafar taekvondochimiz dayanga chiqishadi.
-62kg vazn toifasida Feruza Sodiqova quraga ko'ra dastlabki bosqichda Kot-DIvuar vakilasi Kessi Florense Jako bilan to'qnash keladi.
CHiba Gran-Prisida bronza medaliga ega chiqqan -67kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi Nigora Tursunqulova musobaqani ikkinchi bosqidan boshlaydi. Unga Anastasiya Kireeva (Rossiya) - Anastasiya Florinska (Rossiya) juftligi g'olibi raqib bo'ladi.
CHibada bronza medal olgan yana bir sportchimiz, +73kg toifasida dayanga chiqadigan Svetlana Osipova chorak finalda Anastasiya Veretexinaga qarshi jang qiladi.
-63kg vazn toifasida jang qiladigan Niyoz Po'latov "Russia Open"ni tojikistonlik Ramazon Mirzoevga qarshi bahs bilan boshlaydi.
-68kg vazn toifasida yurtimiz sharafini bir yo'la 3 nafar taekvondochi himoya qiladi. Ulug'bek Rashitov Vyacheslav Minin (Rossiya), Jasurbek Jaysunov Andrey Balan (Rossiya) va Sardor Toirov esa Qayrat Sarimsakov (Qozog'iston) bilan jang qiladi.
Barcha sportchilarimizga omad tilab qolamiz.
O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar