10 okt 08:05
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo. Bugun Tayvan Gran-Prisi start oladi
10-12 oktyabr kunlari Xitoy Taypeyida (Tayvan) taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida G6 tasnifiga kiruvchi Gran-Pri musobaqasi o'tkaziladi.
Musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari ham g'oliblik uchun kurash olib boradi.
Bugun, musobaqaning ilk kunida ikki nafar sportchimiz, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari sovrindorlari — Madinabonu Mannopova hamda CHaros Qayumova dayanga ko'tariladi.
Hamyurtlarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlaydi:
-49 kg, 1/16 final: Madinabonu Mannopova — Rukie Yildirim (Turkiya)
-57 kg, 1/16 final: CHaros Qayumova — Mariya Perez (Ispaniya).
Janglar Toshkent vaqti bilan 07:00 da start oladi.
Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar