17 avg 17:29
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo ITF bo'yicha onlayn O'zbekiston chempionati o'zining qizg'in pallasida
SHu kunlarda taekvondo ITFning tul yo'nalishi bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida onlayn O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O'zbekiston taekvondo ITF milliy associaciyasi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan musobaqada 500 nafardan ortiq ishtirokchilar g'oliblik uchun kurash olib bormoqda.
Mazkur musobaqa taekvondo ITF bo'yicha professional ravishda shug'ullanayotgan sportchilarimizning jismoniy tayyorgarliklarini oshirish va iqtidorli sportchilarni terma jamoa uchun saralash vazifasini o'tab beradi.
19-20 avgust kunlari musobaqaning final bahslari o'tkazilib, 5 kun ichida o'tkazilgan bellashuvlarga yakun yasaladi.
Yakunida g'olib va sovrindor deb topilgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar