15 dek 17:35
Yangiliklar
Taekvondo ITF: sportchilarimiz jahon chempionatining ilk kunida 6 ta medalni qo'lga kiritdi
Musobaqada O'zbekiston taekvondo ITF associaciyasi raisi Laziz Hasanov boshchiligidagi O'zbekiston sport delegaciyasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Kecha, 14-dekabr kuni Jahon chempionatining yakka va jamoaviy tul bahslari o'tkazildi. 14-17 yoshlilar o'rtasida o'tkazilgan yakka tul bahslarida Vladimir Li terma jamoamiz hisobiga oltin medal taqdim etdi.
Etiborlisi, faxriylar o'rtasida o'tkazilgan yakka tul bahslarida ham chempion bizning vakilimiz bo'ldi. Sportimiz fidoyisi Muzaffar Zoitov eng yaxshi deb topildi va oltin medal bilan taqdirlandi.
SHuningdek, yakka tul bahslarida sportchilarimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. SHu bilan birga, nufuzli musobaqaning jamoaviy tul bahslarida 14-17 yoshli taekvondochilarimiz ham kumush medal egasiga aylanishdi.
Bugun, 15-dekabr kuni taekvondochilarimiz yakkalik va jamoaviya massogi yo'nalishlarida g'oliblik uchun kurashga kirishadi.
Fikrlar