02 noy 18:12
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo. Nigora Tursunqulova "Katta dubulg'a" saralashida bronza medaliga sazovor bo'ldi
Xitoyning Usi shahrida Katta dubulg'a musobaqasining II ochiq saralash bahslari davom etmoqda.
Bugun musobaqaning ikkinchi kunida besh nafar sportchimiz ishtirok etdi.
Quvonarlisi -67 kg vazn toifasida hamyurtimiz Nigora Tursunqulova bu musobaqada yarim finalga qadar etib bordi. Bronza medali uchun bahsda Tursunqulova g'alabaga erishdi va Katta dubulg'a musobaqasi final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi! Endi Tursunqulova 18-20 dekabr kunlari Usi shahrida bo'lib o'tadigan Katta dubulg'a musobaqasida ishtirok etadi va Olimpiada yo'llanmasi uchun kurashadi.
Bugungi bahslarda Feruza Sodiqova, Ulug'bek Rashitov va Jasur Jaysunov chorak finalga qadar etib bordi. Niyoz Po'latov esa dastlabki bahsda imkoniyatni boy berib qo'ydi
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar