25 iyu 16:07
Yangiliklar
Taekvondo. O'zbekiston Osiyo chempionatining ikkinchi kunidan so'ng etakchilar qatorida
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik taekvondochilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.
Terma jamoamiz azolari ikkinchi kundan so'ng hozircha 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgan holda umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallab turishibdi.
O'zbekiston safida hozircha Ulug'bek Rashitov va Jasurbek Jaysunov oltin, CHaros Qayumova kumush, Feruza Sadikova esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Medallar jamg'arish reytingida umumjamoa hisobida mezbonlar, taekvondo vatani vakillari Janubiy Koreya terma jamoasi egallab turibdi. Kuchli uchlikka esa Xitoy vakillari yakun yasashgan. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda esa Janubiy Koreya bilan birgalikda birinchi o'rinni egallab turibmiz.
Ikkinchi kundan so'ng medallar jamg'arish umumiy reytingi bilan tanishing:
Hali yana umumiy hisobda 7 ta vazn toifasida bellashuvlar o'tkaziladi.
Fikrlar