07 avg 12:51
Yangiliklar
Taekvondo. O'zbekistonlik sportchilar jahon chempionatidagi ishtirokni boshlashdi + FOTOGALEREYA
Musobaqada hamyurtlarimizdan birinchi bo'lib qizlar o'rtasida -29 kg vazn toifasida SHabona Abduvalieva turkiyalik Xayrunnisa Gurbuzga qarshi dayanga chiqdi. Qizg'in kechgan bahsda afsuski hamyurtimiz 32:36 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
O'g'il bolalar o'rtasida esa -65 kg vaznli Abdulaziz Ahramov esa serbiyalik Dmitrie Ajdokovichga qarshi jang qildi va 12-25 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Aynur Umrzakova (-33 kg) tailandlik Natkamon Vassanaga 4:11 hisobida yutqazdi.
+65 kg vaznli Mahsud Maratov esa meksikalik Xuan Karlos Martinesga 15:25 hisobida mag'lub bo'ldi.
-51 kg vaznli Mubina Mamurjonova esa Belarus vakilasi Sofiya Lyubichga qarshi jang olib bordi va 19:18 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi. Endi u yarim finalga chiqish uchun andorralik raqibasiga qarshi jang qiladi.
Mubina ishtirokidagi jang soat 14:00 dan so'ng boshlanadi. Soat 17:00da esa chempionatning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
Bahslardan olingan suratlarni tomosha qiling. Suratlar muallifi - Jahongir Fayzullaev.
Fikrlar