So’nggi yangiliklar

11:05Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - Украина ва бошқа натижалар (LIVE) 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0

06 avg 18:41
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondo. Toshkent jahon chempionatini qabul qilishga tayyor

Xabaringiz bor, 7-10 avgust kunlari poytaxtimiz taekvondo bo'yicha kadetlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Ayni paytga kelib, musobaqani o'tkazish uchun deyarli barcha narsa shay. Musobaqaga mezbonlik qiladigan “Universal” sport saroyi sportchi va mehmonlar uchun ajoyib ko'rinishga keltirildi. 

Janglar boshlanishidan avval sportchilar chigalyozdi mashqlarini olib boradigan maxsus joy ham bugungi kun iqlimidan kelib chiqib, ishtirokchilar uchun qulay tarzda qurib berildi.


Hozirda terma jamoalar O'zbekiston taekvondo associaciyasining sport zallarida so'nggi tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib borishmoqda. Jahonda o'z o'rniga ega bo'lgan Eron, AQSH, Janubiy Koreya, Braziliya kabi o'nlab terma jamoalar rejalashtirilgan grafik asosida mashq qilishyapti.


O'zimizning terma jamoa xususida gapiradigan bo'lsak, hamyurtlarimiz musobaqada to'liq tarkib ishtirok etishi belgilab qo'yilgan. Jahon chempionatida jami 20 nafar sportchimiz (10 nafar yigitlar va qizlar) o'z vazn toifalarida oltin medal uchun jang qilishadi. Kadetlarimizni aka-uka Sobir va Zaynobiddin Nazaralievlar hamda Jasur Boyqo'ziev boshchiligidagi tajribali murabbiylar musobaqaga tayyorlashdi.

Bahslar ertaga 09:00 dan start oladi. Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi esa ertaga 17:00 da boshlanadi. SHuningdek, mazkur musobaqa doirasida O'zbekiston taekvondo associaciyasi yurtimizda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida 8 avgustkuni 19:00 da “Xalqlar do'stligi” maydonida yirik fleshmob tashkil qilishni rejalashtirib qo'ygan.

Mazkur dunyo birinchiligi xalqaro ekspertlar nigohida bo'lishi tabiiy. Bugun tunda yurtimizga jahon taekvondo federaciyasi rahbari CHung Van CHoy tashrif buyuradi va ertangi bahslarni bevosita kuzatib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing