So’nggi yangiliklar

11:05Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - Украина ва бошқа натижалар (LIVE) 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0

07 avg 19:04
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondo. Toshkentda Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi + FOTOGALEREYA

Bugun, 7 avgust kuni poytaxtimizda taekvondochi kadetlar o'rtasidagi hisob bo'yicha IV Jahon chempionati bahslari boshlandi.

Ushbu musobaqada sayyoramizning 67 ta mamlakatidan kelgan 850 dan ortiq sportchi hamda murabbiy ishtirok etmoqda. 

Biroz oldin "Universal" sport majmuasida Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida kecha yurtimizga tashrif buyurgan Butunjahon taekvondo federaciyasi prezidenti CHungvon CHoy so'zga chiqdi va o'z nutqini o'zbekchada "Assalomu alaykum" deb boshlagani majmuaga yig'ilganlarning olqishiga sabab bo'ldi. 


"Barcha ishtirokchilarni musobaqa ochilish marosimi bilan muborakbod etaman. Sizlar allaqachon g'olibsizlar, sababi Jahon chempionatida ishtirok etishning o'zi katta g'alaba. Ushbu musobaqada qatnashayotgan taekvondochilarga 2020 yil Tokiodagi yoki 2024 yil Parij mezbonlik qiladigan Olimpiadaga chiqishlarini tilayman. SHuningdek O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasiga yaqinda tayinlangan yangi rahbar SHerzod Toshmatovga omad va zafarlar tilayman", - dedi CHungvon CHoy. 

SHundan so'ng O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari Aziz Abduhakimov so'zga chiqdi: 

"Butunjahon taekvondo federaciyasi prezidenti janob CHungvon CHoy O'zbekistonga xush kelibsiz. Toshkent mana shunday nufuzli musobaqani qabul qilganidan xursandmiz. Barcha ishtirokchilarni boshlangan Jahon chempionati bilan muborakbod etaman. Toshkentdagi mana shu musobaqada 1000ga yaqin qatnashchi g'oliblik uchun kurash olib bormoqda. Bugungi kunda O'zbekistonda taekvondo sport turi bilan 20000dan ziyod kishi shug'ullanyotgani quvonarli hol albatta".  

So'ngra rasmiy qasamyod marosimi bo'lib o'tdi. Unda hakam, murabbiy, o'g'il bola taekvondochi va qiz bola taekvondochi ishtirok etib musobaqada halollik birinchi o'rinda bo'lishiga qasamyod qilishdi. 

Ochilish marosimi ajoyib koncert dasturi bilan davom ettirildi. 

O'zbekiston taekvondo federaciyasi matbuot xizmati

Foto: Tolibjon Qosimov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing