09 fev 11:20
Yangiliklar
Taekvondo WT associaciyasida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi
8 fevral kuni O'zbekiston taekvondo WT associaciyasida kadetlar va o'smirlar terma jamoasi azolari ishtirokida buyuk mutafakkir, g'azal mulkining sultoni, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag'ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Navoiyxonlik kechasi O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi viloyatlar bo'yicha koordinator Xodjamqulov Husniddin va associaciya matbuot xizmati rahbari Malika Murodova tomonidan olib borildi. Unda yosh taekvondochilarga Alisher Navoiy haqida malumotlar berildi. Sportchilar esa Navoiy qalamiga mansub g'azallarni aytib berishdi.
Malumot uchun, Alisher Navoiy 1441 yilning 9 fevralida Xuroson davlatining poytaxti — Hirot shahrining Bog'i Davlatxona mavzesida tug'ilgan. U zot buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi hisobdalanadi. To'liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy tahallusi ostida chig'atoy (eki o'zbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar