So’nggi yangiliklar

01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0

16 apr 14:00
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondo yulduzlari. Metindek toblangan U Czinyuy haqida

Teglar :  Taekvondo
U Czinyuy (Wu Jingyu) – 1978 yil 1 fevralda Xitoyning Czyanci qishlog'iida tug'ilgan.

U olimpiya o'yinlarida ishtirok etgungacha bo'lgan vaqt oralig'ida CHin o'lkasining taekvondochilar tayyorlaydigan taniqli maktablarning birida shug'ullangan va aytish kerak ushbu maktab vakillarining ko'pchiligi nufuzli xalqaro musobaqalarda hamisha kuchlilar qatorida etirof etilgan. U kichik yoshidan boshlab sportning taekvondo turini tanladi. Xitoy mentaliteti va talabchanlik uni g'alabalar sari odimlashga undadi. U o'z ustida tinimsiz izlangan va hamisha qattiq tartib va intizomga amalga qilgan sportchi deya nafaqat u qatnashgan maktabining murabbiylari balki terma jamoa trenerlari ham U Czinyuyni boshqa sportchilarga namuna qilib ko'rsatishadi. Engil vazn toifasida nufuzli musobaqalarda qatnashgan bu taekvondochi 2008 yil Pekin mezbonlik qilgan olimpiya o'yinlarida hamyurtlariga oltin medalni taqdim etdi. Oradan to'rt yil o'tib London olimpiadasida ham U Czinyuy nafaqat nomini balki bu tur bo'yicha dunyoda etakchilar qatorida borayotgan yurti sharafini munosib ximoya qila oldi va ikkinchi bor oltin medalni jamoasiga taqdim etdi. G'alabaga bo'lgan intilish, kuchi, bilimi bilan sovuqqon va chidamlilikni o'zida shakllantirdi. Musobaqalarda strategik va taktik usuliida jang olib borishga o'rgandi Bu uning kredosiga aylandi. Xitoy taekvondo maktbalarining eng asosiy shiori ham aynan shunday. 


Musobaqada shunchaki ishtirok emas, balki ko'rsatkich – bu shior hamisha ham o'z natijasini beravermaydi. Tajribali murabbiylarning bir necha yillik kuzatuvlariga ko'ra xalqaro arenalarda o'z o'rniga ega bo'lgan sportchida g'alabani keragidan ortiq hoxlashi uni muvaffaqiyatsizlik sari etaklaydi va kutilmaganda ushbu atlet imkoniyatni boy beradi, aynan manashu mag'lubiyat sportchini metindek toblab yanada o'z ustida ishlashga, avvalgidanda kuchli bo'lishga, g'alabalar seriyani davom ettirishga undaydi.

Osiyoliklarning oltin vaznlari 47,49 va 51 kg vazn toifalarida qatnashgan U Czinyuy Pekin, London olimpiadalarida oltin, Jahon chempionatlarida ikki bor yuqori probali medalga egalik qilgan, ikki karra kumush medali sohibi va bir bor bronza medaliga munosib ko'rilgan. Osiyo o'yinlarida 2 ta oltin, bitta bronza, 2006, 2008 yillari Osiyo chempionatlarining kumush medali sovrindori va 2010 yili qita chempioni bo'lgan.

Anashunday chempionlik yo'llari shunchaki oson emas va dunyoda mana-man degan sportchilarning ham o'z hayot kitoblarida bosib o'tgan yo'llari yorqin xotirotlari bilan iz qoldirgan…

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing