15 okt 11:54
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochilarimiz Gran-prida ishtirok etish uchun Bolgariyaga uchib ketishdi
18-20 oktyabr kunlari Bolgariyada taekvondo bo'yicha Sofiya-2019 Jahon Gran-prisi bo'lib o'tadi.
Ushbu nufuzli musobaqada o'zbekistonlik olti nafar taekvondochi ishtirok etishi haqida xabar berilgandi. Bugun erta tongda terma jamoamiz delegaciyasi Toshkent-Istanbul-Sofiya yo'nalishida Bolgariyaga jo'nab ketdi.
Sofiya-2019 gran-prisida ishtirok etadigan sportchilarimiz:
-80 kg Nikita Rafalovich
+87 kg Dmitriy SHokin
-49 kg Madinabonu Mannopova
-53 kg CHaros Qayumova
-67 kg Nigora Tursunqulova
+67 kg Svetlana Osipova
Bu gran-pri orqali Tokio olimpiadasi uchun qimmatli bo'lgan reyting ochkolarni ishlab olish imkoniyati mavjud.
Havola :
Fikrlar