20 okt 18:49
        Yangiliklar	
	
				
				    Taekvondo			    
				
				
			
				Taekvondochilarimiz Meksika turnirida yana 2 ta medal qo'lga kiritishdi
Javohir Sirmatov shogirdlaridan yana 2 medal
Dunyodagi epidemiologik vaziyat tufayli hozirda aksariyat musobaqalar onlayn tarzda o'tkazilmoqda. 
			Ushbu musobaqalarda O'zbekiston sharafini, qolaversa Namangan viloyati sharafini munosib ximoya qilib kelayotgan Javohir Sirmatov boshchiligidagi "SK CHempion Taekvondo" klubi sportchilari bu safargi medallarni Meksika davlati tomonidan tashkil etilgan "FESTIVAL INTERNACIONAL DE TAEKVONDO" musobaqasida qo'lga qiritishdi.
Musobaqada kadetlar o'rtasidagi bahslarda Salohiddin Sobitov va o'smir qizlar o'rtasidagi bahslarda Xurshidabonu SHukurjonova bronza medalni ko'lga kiritdi. Ushbu medal "CHempion" klubining xalqaro onlayn musobaqalar boshlanganidan buyon ko'lga kiritilgan 26-medali hisoblanadi.

O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
            Havola            :         
            
			
Fikrlar