28 mar 09:33
Yangiliklar
Taekvondochilarimiz onlayn mashg'ulot olib borishyapti
Gap shundaki, taekvondochilarimiz yurtimizning turli hududlarida bo'lishlariga qaramay jamoa onlayn holatda birga mashg'ulot o'tkazmoqda. Jamoaning koreyalik murabbiyi Yung Jun Kim videomashg'ulot orqali o'z shogirdlariga kerakli texnik va taktik usullar bo'yicha maslahatlar berib bormoqda.
Takidlash joiz, bu usulda jamoa bilan mashg'ulot olib borishni taekvondochilarimiz birinchilardan bo'lib boshlab berishdi. Murabbiylar terma jamoaning asosiy 11 nafar vakili bilan onlayn mashg'ulotlarni ham olib borayotgani ahamiyatli.
Etiboringizga taekvondo bo'yicha terma jamoamiz vakillarining uy sharoitida va onlayn tarzda o'tkazayotgan mashqlarini havola qilamiz.
Onlayn mashg'ulotlar quyidagi 11 nafar sportchi bilan o'tkazilmoqda:
N.Rafalovich
D.SHokin
N.Po'latov
J.Jaysunov
U.Rashitov
M.Mannopova
CH.Qayumova
N.Tursunqulova
S.Osipova
SH.Salaev
O.Sobirjonova
Fikrlar