01 mar 13:08
Yangiliklar
Taekvondo

Taekvondochilarimiz Toshkentda Buyuk Britaniya termasi bilan qo'shma yig'in o'tkazmoqda
Taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 16 fevral kuni Toshkent shahridagi associaciyamiz bazasida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlagan edi.
26 fevral kuni poytaxtimizga Buyuk Britaniya terma jamoasi ham katta tarkibda etib keldi va mashg'ulotlarga kirishdi. Qo'shma yig'in 8 mart sanasiga qadar davom etadi.
27 fevral kuni "Universal" sport saroyida yig'in doirasidagi ilk sparring bellashuvlari tashkil etildi. Har ikki mamlakat taekvondochilari kunduzgi va kechgi dasturlarda o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazib oldi.
Havola :
Manba : taekwondo.uz
Fikrlar