So’nggi yangiliklar

19:30Фрэнсис Нганну UFC’га қайтиши мумкин 0 19:05Делла Маддалена Махачев билан жанг санаси ҳақида гапирди 0 18:42Шон О’Мэлли гонораридан нолиётган ММА жангчиларни танқид қилди 0 18:18Тер Штеген "Барселона"дан кетиши мумкин. Нега? 0 17:47Мераб Двалишвили ва Шон О’Мэллининг эртанги жанг учун гонорарлари маълум қилинди 0 17:20Новак Жокович – "Ролан Гаррос" ярим финалидан сўнг: "Балки бу ердаги охирги ўйиним бўлгандир" 0 16:57Дональд Трамп UFC 316 турнирига бормоқчи 0 16:20Жаҳон чемпионати қуръаси қачон бўлади? 0 15:12"Ислам хеч қачон ярим ўрта вазнда жанг қилмаган". Маддалена Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:00"Ролан Гаррос". Новак Жокович ўз юришини тўхтатди 0 13:10Жонс Аспиналл билан эмас, Нганнуга қарши жанг қилмоқчи 0 12:32Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо... 0 12:05Эртага ўтказиладиган UFC 316 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 11:29Украин бокси афсонаси Василий Ломаченко фаолиятини якунлади 0 11:03"Ролан Гаррос". Карлос Алькараз илк финалчи! 0

28 fev 16:53
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondochilarimiz uchun ADAMS tizimida ishlash bo'yicha seminar o'tkazildi

Teglar :  Taekvondo
Taekvondochilarimiz uchun ADAMS tizimida ishlash bo'yicha seminar o'tkazildi.

Kuni kecha MOQda Xalqaro antidoping agentligi tomonidan yo'lga qo'yilgan ADAMS tizimida ishlashni yanada puxta yo'lga qo'yish bo'yicha o'tkazilgan yig'ilishda MOQ raisi tomonidan sportchilarimiz uchun bu borada alohida seminarlar tashkil qilish bo'yicha topshiriq berilgan edi. Kecha ushbu topshiriqqa asosan O'zbekiston taekvondo WT associaciyasida sportchilarimiz uchun ana shunday tadbir tashkil qilindi.

Seminarni Milliy antidoping agentligining mazkur yo'nalish bo'yicha malakali mutaxassisi Nigora Azamatova olib bordi. Unda sportchilarimizdan Tokio-2020 Olimpiada licenziati N.Rafalovich, shuningdek, licenzion musobaqaga tayyorlanayotgan D.SHokin, N.Tursunqulova, S.Osipova kabi sportchilarimiz, MOQ hamda associaciya mutasaddilari ishtirok etishdi. Tadbirda Azamatova ushbu tizimning ishlash mexanizmi, o'ziga xos jihatlari, talablari haqida batafsil gapirib o'tdi.

Takidlash joiz, yaqin vaqt ichida bunday seminarlar Olimpiya o'yinlariga tayyorlanayotgan barcha jamoalarimizda olib boriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing