23 apr 16:48
Yangiliklar
Taekvondo

Taekvondochilarimiz Xitoydagi nufuzli musobaqani 5 ta medal bilan boshladi, Jasurbek Jaysunov va Marat Mavlonovda oltin
Bugun Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo WT bo'yicha G3 klassifikaciyasidagi "Butunjahon taekvondo federaciyasi Prezidenti kubogi"ning Osiyo mintaqasi uchun mo'ljallangan musobaqasi start oldi.
Ilk kun doirasida erkaklar o'rtasida +87 kg, -87 kg, -80 kg, -74 kg, ayollar o'rtasida esa -46 kg, -49 kg, -53 kg, hamda -57 kg vazn toifalaridagi bellashuvlar tashkil etildi.
Unda Pavel Xan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasining jami 13 nafar taekvondochisi dayangga ko'tarildi. Bellashuvlar yakunida vakillarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 5 ta medalga ega chiqishdi.
Oltin:
Jasurbek Jaysunov (-80 kg)
Marat Mavlonov (+87 kg).
Kumush:
SHuhrat Salaev (-87 kg).
Bronza:
Yodgorbek Jo'raboev (-87 kg)
Madina Mirabzalova (-57 kg).
Ertaga turnir doirasida bellashuvlar davom ettiriladi.
Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar