11 avg 07:33
        Yangiliklar	
	
				
				    Taekvondo			    
				
				
			
				Taekvondochilarimiz yana bir onlayn musobaqasida muvaffaqiyatli qatnashishdi
Joriy yilning 8-9 avgust kunlari Tailand taekvondo associaciyasining tashabbusi bilan Pumse yo'nalishi bo'yicha THE Heroes TAEKWONDO VIRTUAL INTERNATIONAL CHAMPIONSHIPS l onlayn musobaqasi bo'lib o'tdi.
			Unda Namangan viloyati terma jamoasi azolari ham ishtirok etishdi. Musobaqada qatnashgan yosh pumsechilarimiz 1 ta oltin va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritdilar.
Sovrindor bo'lgan sportchilar ro'yxati:
Oltin medal – Xurshidabonu SHukurjonova
Bronza medal – Gulsanam Abdusattorova
Bronza medal – Aziza Ahmadjonova
Bronza medal – Rayxona Sadullaeva
Bronza medal – Inomjon Abdullaev
O'zbekiston taekvondo associaciyasi matbuot xizmatining malum qilishicha, vakillarimiz qatnashadigan kelgusi onlayn musobaqalar 16 avgust va 12 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.
            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
            
			
Fikrlar