So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

25 avg 08:14
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondochilarimizdan onlayn mashg'ulot va master-klass

Koronavirus pandemiyasi sabab karantin elon qilingan bo'lsa ham, o'zbek sporti o'z yo'lida ildam harakatlanmoqda.

Kecha ikki sport turida onlayn musobaqalar start olgan bo'lsa, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi tomonidan onlayn tadbirlar o'tkazildi. Ulardan biri kunning birinchi yarmida terma jamoa trenerlari ishtirokida Respublikamizning Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida faoliyat olib borayotgan hamkasblar uchun onlayn master-klass tashkil qilindi.

Unda asosiy jamoa ustozi Aleksandr Kim hamda o'smirlar jamoasi murabbiyi Sobir Nazaraliev o'z bilim va mahoratlari bilan o'rtoqlashishdi. Ushbu viloyatlardagi yosh taekvondochilarning mashg'ulotini kuzatib, texnikani oshirish borasida tegishli ko'rsatmalarini berib o'tishdi. So'ng murabbiylar uchun terma jamoada faoliyat olib borayotgan koreyalik mutaxassis Kim Yung Jing metodikasi asosida ishlangan zamonaviy taktik va texnik usullarni o'zida mujassamlashtirgan videorolik qo'yib berildi.

Kunning ikkinchi yarmida asosiy terma jamoamiz o'zining onlayn mashg'ulotini olib bordi. O'zbekiston taekvondo associaciyasi bazasida shug'ullanayotgan sportchilarimiz dastlab chigalyozdi mashqlarini bajarishgach, mashg'ulot davomida asosiy qo'llaniladigan zarbalar, himoyaviy taktikalar ustida ishlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing