So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

31 may 10:29
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondochilarimizning Olimpiadaga tayyorgarlik rejacini muhokama qildi

Taekvondo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Olimpiya o'yinlarida 4 ta sportchi bilan ishtirok etadi.

Demakki, muxlislar taekvondochilarimizdan ham yuqori natijalar kutishadi. MOQ raisining o'rinbosari, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi raisi SHerzod Tashmatov Olimpiya o'yinlariga munosib hozirlik ko'rish maqsadida murabbiylar shtabi bilan tayyorgarlikning yangi bosqichini boshladi.

Hozirda ushbu sport turida licenzion musobaqalar yakunlanib, Tokio-2020ning barcha ishtirokchilari nomi malum bo'lib ulgurgan. Yig'ilishda taekvondochilarimizning ehtimoliy raqiblari, ularning kuchli va zaif tomonlari haqida fikrlar bildirildi. Qayd etish joiz, mazkur yig'ilishga etarlicha tayyorgarlik ko'rmagan murabbiylardan biriga jiddiy etiroz bildirilib, ushbu hol yana takrorlangudek bo'lsa, Olimpiadaga tayyorgarlik jarayonidan chetlatilishi haqida ogohlantirildi.

Yana bir necha kundan so'ng Livanda kattalar o'rtasida Osiyo chempionati start oladi. Jamoamiz ushbu musobaqada to'liq tarkibda ishtirok etadi. Bu esa licenziatlarimizning Olimpiadadan oldingi holatlarini yana bir karra ko'zdan kechirib olish imkoniyatini taqdim qiladi.

Yig'ilish davomida murabbiylar shtabiga sportchilarning texnik va funkcional holatini kuchaytirish, terma jamoa bazasida epidemiologik holatni qattiq nazoratda ushlash, berilgan vazifalarni o'z vaqtida va puxta bajarish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing