So’nggi yangiliklar

18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0 16:46Дана Уайт ва Эдди Хирн ўртасидаги жанг учун қанча пул таклиф қилингани маълум 0 16:25Рафинья қачон машғулотларга қайтиши маълум 0 16:04Маррани баланд олган қаршилик спортчилар 0 15:43Арман Царукян: "Топурия ўзини суперюлдуздай тутаяпти, лекин..." 0 15:22Сергей Фомин Shymkent Challenger бош соврини учун ўйнайди! 0 15:01"Барселона" афсонаси "Челси" бошқарувини қўлга олиши мумкин 0 14:39"Менежеримиз ишлаяпти". Гусковнинг мураббийи UFC 328 турнири учун эҳтимолий рақибни айтди 0 14:17Илия Топурия Конор Макгрегор ва Макс Холлоуэй эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:50Ян Блахович тиззасидан операция қилинди (ФОТО) 0 13:29Мбаппенинг маошидан кўпроқ? Винисиус "Реал" билан янги шартнома бўйича келишувга эришди 0 13:08Жавоҳир Синдаров, Нодирбек Абдусатторов ва бошқа шахмат юлдузлари футбол ўйнашди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0

08 mar 12:08
Yangiliklar

Dzyudo

Tahlil. Evropa Ochiq chempionati dzyudochilarimiz uchun qanday keldi?

Ikki kun davomida CHexiya poytaxti Praga shahri dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Evropa Ochiq chempionatiga mezbonlik qildi.

Sayyoramizning 5 qitasi 42 davlatidan 600 nafarga yaqin dzyudochilar jami 14 ta vazn toifasida musobaqa medallari hamda muhim reyting ochkolari uchun bahs olib borishdi. Ular qatorida O'zbekiston terma jamoasining 12 nafar azosi ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. 

Takidlash joiz, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati murabbiylar shtabi bilan maslahatlashgan holda Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) taqvimidan o'rin olgan turnirlarga turli tarkibni jo'natishni maqsad qilgan. SHu kungacha o'tkazilgan Portugaliya Gran-prisi hamda Franciya "Katta Dubulg'a" turnirlarida terma jamoamizning birinchi va ikkinchi raqamli dzyudochilari ishtirok etdi. Pragadagi Evropa Ochiq chempionatiga esa tamomila boshqa tarkib jo'natildi. To'laligicha yosh dzyudochilardan tarkib topgan jamoamiz umumiy olganda yaxshi natija ko'rsatdi. 

Musobaqaning birinchi kuni -66 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Rahimjon Subhonov bronza medalini qo'lga kiritdi. Ikkinchi kungi bellashuvlarda esa +100 kg vazndagi dzyudochimiz O'tkirbek To'raboev Evropa Ochiq chempionati g'olibiga aylandi. To'raboevlar sulolasining kenja vakili terma jamoamizga ushbu turnirdagi yagona oltin medalni taqdim etdi. Subhonov ham, To'raboev ham bu kabi nufuzli musobaqada ilk bor ishtirok etishgani etiborga molik jihat. 

Yakunda bitta oltin va bronza bronza medalini qo'lga kiritgan O'zbekiston dunyoning 42 davlati orasida 7-o'rinni egalladi. Bizdan yuqorida joylashgan Ispaniya, Kanada va Portugaliya terma jamoalari hisobida ham 1 tadan oltin medal bo'ldi. Lekin bu uch mamlakat dzyudochilari kumush va bronza medallarga bizga nisbatan ko'proq ega chiqishdi. 

Germaniya terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan birinchi bo'ldi. Ikkita oltin, 3 ta kumush va 1 bronza medaliga ega Franciya ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka 2 ta oltin medal bilan Bolgariya terma jamoasi yakun yasab berdi.

Savol tug'iladi: O'zbekiston avval ham Evropa Ochiq chempionatida ishtirok etganmi? Albatta, bu musobaqada hamyurtlarimiz ancha ijobiy natijalar ko'rsatishgan. Birgina jahon chempionatining kumush medali sovrindori SHarofiddin Lutfullaevning o'zi ikki bor - 2015 va 2018 yillarda musobaqa chempioniga aylangan. 2018 yil Minsk shahrida o'tgan Evropa Ochiq chempionatida Hikmatulloh To'raev ham chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan. 

2019 yil Rossiyaning Orenburg shahri mezbonlik qilgan ushbu musobaqada +100 kg vazndagi vakilimiz Alisher Yusupov ham oltin medalga ega chiqqan. O'z vaqtida Abdullo Tangriev, Diyorbek O'razboev kumush, Rishod Sobirov, Suhrob Tursunov, Artem SHturbabin, SHerali Jo'raev va G'iyosjon Boboev bronza medaliga sazovor bo'lgan.                      

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing