25 dek 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Tajribali Donald "Kovboy" Serrone qaytmoqda
UFC promoushenining faxriy jangchilaridan biri Donald Serrone oktagonga qaytishni rejalashtiryapti.
U katta ehtimol bilan 2022 yilning 5 mart kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 272 turnirida britaniyalik Peddi Pimblettga qarshi jang o'tkazadi. Peddi shu yilning sentyabrida UFC banneri ostida debyut jangini o'tkazgan edi.
O'shanda 26 yoshli Pimblett birinchi raunddayoq Luijji Vendraminini nokautga uchratgandi. Peddi ketma-ket uchta jangda g'alaba qozongan. 38 yoshli Donald Serrone esa aksincha, qatorasiga 6 ta jangdan beri g'alaba nimaligini bilmayapti. Oxirgi jangida Aleks Moronoga birinchi raundda texnik mag'lubiyat bilan yutqazgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar