So’nggi yangiliklar

13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0

12 sen 15:42
Yangiliklar

Dzyudo

Tarazdagi xalqaro turnirda 20 ta medal qo'lga kiritildi

Qozog'istonning Taraz shahrida dzyudo bo'yicha kadetlar o'rtasida xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.

Baxitjan Tashmetov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan ushbu ananaviy turnirda mezbonlardan tashqari Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston va O'zbekiston sportchilari tatamiga chiqishdi. 

Xalqaro turnirda yurtimiz sharafini Tohir Fayziev murabbiyligidagi jami 21 nafar o'smir dzyudochilarimiz himoya qilishdi. Dzyudochilarimiz Tarazdagi musobaqada jami 20 ta medalga ega chiqishdi.  

Hamyurtlarimizdan Suhrob Po'latov (-50 kg), Javlonbek Xayrullaev (-73 kg), Jahongir Mamatkarimov (-81 kg), Muhammad Mansurov (-90 kg), Muhayyo Axmatova (-40 kg) va Farangiz Rejepova (-57 kg) o'z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritishdi. 

Sanjar Pardaev (-73 kg), Dilola Dehkambaeva (-48 kg), Islombek Ravshanqulov (+90 kg) va Xosiyat Masharipova (+70 kg) finalga qadar etib borib, kumush medalga sazovor bo'lishdi.  

Sobirjon Karimov (-55 kg), Diyorbek Durmamatov (-50 kg), Jaloliddin Boltabaev (-66 kg), Qahramon Rahmonov (+90 kg), Irisxon Qurbonboeva (-70 kg) singari jami 10 nafar dzyudochimiz bronza medali bilan O'zbekistonga qaytdi. 

Umumjamoa hisobida O'zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 4 ta kumush, 10 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Ushbu musobaqa terma jamoamiz azolariga 25-29 sentyabr kunlari Qozog'istonning Almati shahrida o'tkaziladigan kadetlar o'rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing